31 Yanvar 2023 yil 591

Buxoro viloyati 3-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli Shofirkon tumanida o‘tkazildi

Bugun, 31-yanvar kuni Shofirkon tumanida viloyat IIB boshlig‘i Shuxrat Aliyev boshchiligida 3-sektor masʼullari, hududiy tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Bunda, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish orqali fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, sektorga qarashli hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni «mahallabay» o‘rgangan holda joyida va tezkorlik bilan hal etish maqsad qilingan.

Mazkur qabulda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan tegishli masʼullar ishtirokida Shofirkon, Vobkent va G‘ijduvon tumanlari aholisining turli ijtimoiy iqtisodiy masalalar bo‘yicha 20 dan ortiq murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar ish yurituviga olindi va har biri bo‘yicha chora-tadbir belgilanib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech