Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i mahallalarda jinoyatchilikni oldini olishga doir muhokama yig‘ilishlarini o‘tkazmoqda
Avval xabar berganimizdek, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev belgilangan ish rejasi asosida hududlarga borib, mahallalarda sodir etilgan jinoyatlarni, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillarni, masʼullar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga doir amalga oshirilgan ishlarni joyiga chiqib o‘rganib, birma-bir muhokama qilib bormoqda.
Bugun, 6-iyun kuni ham boshqarm boshlig‘i Olot tumanida bo‘lib, tuman hokimi va boshqa mutasaddilar ishtirokida tumanning 4-sektoriga qarashli “Dilkor” mahallasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi vazifalarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qildi.
Boshqarma boshlig‘i muhokama jarayonida mahallada oila turmush doirasida sodir etililishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari borasida so‘z yuritdi.
Shuningdek, yo‘l transport hodisalari, o‘g‘irlik, firibgarlik, tan jarohati yetkazish, haqorat qilish, ayniqsa kiber jinoyatchilik xususida batafsil tushuntirishlar berdi.
Hududda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hisobotlarini tinglab, jinoyatlarning sabablari va ularning kelib chiqish sabablari hamda omilllarini birma-bir tahlil qildi.
Muhokamada mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahalla mutasaddilari, profilaktika inspektori, hududiy ichki ishlar bo‘limi va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqid qilindi.
Mahallada kelgusida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.