Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hududiy ichki ishlar organlari xizmat faoliyatini o‘rganmoqda
Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev kundalik ish reja asosida hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish borasida o‘rganishlar o‘tkazmoqda.
Jumladan, bugun, 9 avgust kuni boshqarma boshlig‘i tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda Kogon shahar va Kogon tumanida o‘rganishlar o‘tkazdi.
Kogon shahar “Bunyodkor” mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi 66-sonli hamda “Temiryo‘lchi” mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi 79-sonli tayanch punktlari faoliyati, tungi navbatchilik hamda yo‘nalishli patrullik guruhlarining faoliyatini o‘rganib, tergov tezkor guruhining hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib kelishini ko‘rikdan o‘tkazdi.
Bundan tashqari Kogon tumani “Yangi hayot” mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi 91-sonli hamda “Xo‘ja Yakshaba” mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi 102-sonli tayanch punktlari faoliyati, ularda tungi xizmatning tashkil etilganligi ham ko‘zdan kechirildi.
Bunda, hududlarda tungi vaqtlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan, shuningdek, tezkor-tergov guruhi hamda tuman markazi bo‘ylab patrullik guruhiga jalb etilgan xodimlarning faoliyati joyida o‘rganildi.
Mazkur o‘rganishlar davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddilar va profilaktika inspektorlariga tegishli tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, mahallada og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida, “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.