Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hududiy ichki ishlar organlari tomonidan tashkil etilgan tungi xizmat faoliyatini o‘rgandi
Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev kundalik ish reja asosida hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning samaradorligini borasida o‘rganishlar o‘tkazmoqda.
Jumladan, bugun, 25 iyul kunidan 26 iyul kuniga o‘tar kechasi boshqarma boshlig‘i tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda Jondor hamda Romitan tumanlarida o‘rganishlar o‘tkazdi.
Jondor tumanining Oydin mahallasida joylashgan 1-son ichki ishlar bo‘linmasi, «Romish» mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi 292-sonli tayanch punkti faoliyati, tungi navbatchilik hamda yo‘nalishli patrullik guruhlarining faoliyatini o‘rganib, tergov tezkor guruhining hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib kelishini ko‘rikdan o‘tkazdi.
Bundan tashqari Jondor va Romitan tumanlarini bog‘lovchi Oqtepa mahallasida joylashgan 2-son chegara jamoat nazorati maskanida tungi xizmatning tashkil etilganligi ham ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limiga borilib, tuman hududida tungi vaqtlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan xodimlarning faoliyatini ham o‘rgandi. Bunda tezkor-tergov guruhi hamda tuman markazi bo‘ylab patrullik guruhiga jalb etilgan xodimlarning faoliyati, Romitan tumani IIB YHXG va viloyat IIB YHXB 2-safarbarlik guruhi faoliyati ham joyida o‘rganildi.
Mazkur o‘rganishlar davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddilar va profilaktika inspektoriga tegishli tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, mahallada og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, «fuqarobay», «oilabay» va «xonadonbay» tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.