27 Aprel 2023 yil 360

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xavfsiz turizmni taʼminlashga doir muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 26-aprel kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov tomonidan navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bunda, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi masʼullari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida boshqa sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda sayyohlik namoyishi obyektlari va ularga tutash hududlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda turistlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida olib borilgan va kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Jarayonda shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash yuzasidan chora tadbirlar belgilab olindi.

Muhokama yig‘ilishida har bir masala yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglanib, turizm salohiyatini oshirish borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, mahalliy va xorijiy sayyohlar xavfsizligi, ularga nisbatan yoxud turistlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga doir topshiriqlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Yakunda 2023-yilning ayni kuniga qadar mahalliy va xorijiy sayyohlar ishtirokida birorta ham jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilmagani eʼtirof etilib, turistik obyektlarda hududiy ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda ijro va xizmat intizomini yana-da mustahkamlash, bunda rahbar xodimlardan shaxsiy namuna ko‘rsatish talab qilindi.

Text to speech