9 Iyun 2023 yil 9047

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida mavjud bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga tanlov eʼlon qilinadi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda idoraviy akademik litseylar, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha  yordamchilari, shuningdek, oliy maʼlumotga ega yoki sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi 170 smdan past bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan erkak nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. (oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tganlar bundan mustasno)

Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi.

- biometrik pasport yoki ID-kartasi;

- tug‘ilganlik haqida guvohnomasi;

- oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asl nusxasi; (sirtqi taʼlimda taxsil olayotgan bo‘lsa o‘qish joyidan maʼlumotnoma, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari va idoraviy akademik litseyni tugatganlar o‘rta-maxsus diplom va ilovalari bilan);

- oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asl nusxasi;

- harbiy guvohnoma asl nusxasi;

- 3 x 4 o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurʼat (bosh kiyimsiz);

- doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy maʼlumotnoma);

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2023-yilning 13-iyun - 17-iyun kunlari Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Tanlov tadbirlari davomida jamoatchilik tashkiloti vakillari va nomzodning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin.

2023-yilning 13-iyun - 17-iyun kunlaridan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

Manzil: Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi 10-uy,

Mo‘ljal: Buxoro ARK qo‘rg‘oni majmuasi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (65) 220-41-07

Telegramm rasmiy sahifasi: @bviib – dan axborot olib borishingiz mumkin

Text to speech