24 Avgust 2022 yil 452

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun, 24-avgust kuni boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev boshchiligida barcha o‘rinbosarlar, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirokida hududlarda Maʼmuriy nazorat va hisob profilaktika ishi yig‘ma jildlarini yuritish tartibi yuzasidan hamda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish borasidagi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Bunda, hududiy ichki ishlar organlari masʼullari hamda joylardagi profilaktika inspektorlari tomonidan maʼmuriy nazorat va profilaktika hisobda turgan shaxslarga nisbatan yuritib kelinayotgan profilaktika ishi yig‘ma jildlarning meʼyoriy buyruq talablari asosida yuritilishi, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar birma-bir tahlil qilindi.

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i tomonidan ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan shahar va tumanlar tegishli sohaviy xizmatlar masʼullariga aniqlangan kamchiliklar yuzasidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech