Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun, 1-may kuni Buxoro viloyati IIBda boshqarma boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov tomonidan navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bunda, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy bo‘lim boshliqlari va masʼullar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda joriy yilning 4 oyi davomida viloyatning barcha shahar va tumanlarida jinoyat va huquqbuzarlik holatlarini oldini olish borasida amalga oshirilgan tezkor hamda profilaktik tadbirlarning natijadorligi hamda “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma Qaror bo‘yicha mahallalarda kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan manzilli ishlar, keng qamrovli tezkor hamda profilaktik tadbirlarni jadallashtirish hamda hududiy ichki ishlar organlarida xizmat va ijrochilik intizomini mustahkamlash masalalari tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Jarayonda shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Muhokama yig‘ilishida har bir masala yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglanib, belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga doir topshiriqlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.