Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi brifing o‘tkazildi
Joriy yilning 14-dekabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi Payanov G‘olib Zayniddinovich va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik A.Dolixodjaev, Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Jalolov, Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik A.Shirinov va Tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi podpolkovnik J.Yusupov tomonidan, ushbu jinoiy ishning 200 dan ortiq jabrlanuvchilari, OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Mazkur brifing doirasida jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarining yakunlanish arafasida ekanligi, tergov davomida amalga oshirilgan ishlar, jabrlanuvchilarga etkazilgan zararni qoplash maqsadida olib borilgan tezkor va tergov harakatlari yuzasidan batafsil ma’lumot berilib, jabrlanuvchilarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan javoblar berildi.