4 Iyun 2022 yil 602

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi o‘tkazildi

Bugun, 4-iyun kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi apparati shaxsiy tarkibi bilan “Til – millat boyligi” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi ma'rifat darsi o‘tkazildi.

Mavzu yuzasidan Buxoro davlat universiteti Tilshunoslik kafedrasi mudiri Ataullo Axmedov tomonidan maʼruza qilinib, xodimlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Bunda, davlat rahbarining tashabbusi bilan yurtimizda ona tilimizga bo‘lgan eʼtibor kun sayin ortib borayotganligi, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilk bor o‘zbek tilida nutq so‘zlagani barcha yurtdoshlarimiz qalbiga cheksiz g‘urur, iftixor va faxr bag‘ishlaganligini, qolaversa, «Davlat tili haqida»gi qonun o‘zbek tilini ilmiy asosda rivojlantirish borasida keng imkoniyatlar yaratilganligini, mazkur qonun bilan mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili maqomiga ega ekanligi, jamiyatimizda uning mavqeini yuksaltirishga har bir inson o‘z hissasini qo‘shishi kerakligi borasida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan viloyat IIBning xizmat vazifalariga vijdonan yondashib, jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olish borasida samarali ish natijalariga ko‘ra hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar turli darajadigi mukofot va esdalik ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanishdi.

Jumladan, IIVning «Aʼlo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan 1 nafar, III-darajali «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan 2 nafar, «Ichki ishlar vazirligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan 2 nafar va Ichki ishlar vazirligining «Esdalik qo‘l soati» bilan 2 nafar hamda pul mukofotlari bilan 12 nafar xodimlar taqdirlandi.

Shuningdek, 21 nafar xodimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29-noyabr kunidagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq navbatdagi “podpolkovnik” va “leytenant” maxsus unvonlari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech