Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bugun, 27-may kuni Buxoro viloyatida kundalik sodir etilayotgan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlarining samaradorligini oshirish, tergov idoralari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, jinoyatlarning fosh etilishi, tuman (shahar)lar kesimida jinoyatchilik salmog‘i hamda ularning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar bo‘yicha keng jamoatchilikka axborot berish, sohaga taalluqli muammoli savollarga oydinlik kiritish hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanini boshqarma Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Jalolov ochib berib, ishtirokchilarni kun tartibi bilan tanishtirdi.
Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Oqil Hasanov anjuman kun tartibidagi masala bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.
Bunda, tizimda amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlar, jinoyatchilikning oldini olish, holining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar ongida “Qonun – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” degan hayotiy tamoyilni qaror toptirishga doir olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, jamoatchilik o‘rtasida qizg‘in muhokama va shov-shuvlarga sabab bo‘lgan jinoiy holatlar bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarining borishi xususidagi axborotlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Anjuman mobaynida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va sohaviy xizmatlar masʼullari tomonidan jinoyatlarni fosh etish, aniqlangan va oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar, tuman (shahar)larda jinoyatchilik salmog‘i hamda tergov xizmati xodimlarining faoliyati, kelib tushgan murojaatlar, xizmat intizomi va qonunchilik yo‘nalishlarida olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.
Taklif va mulohazalarga boy o‘tgan matbuot anjumanida ishtirok etgan OAV vakillari, jurnalist va mustaqil blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli sohaviy xizmat masʼullaridan batafsil javoblar olishdi.