Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun, 31-oktyabr kuni Buxoro viloyati IIBda boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev boshchiligida navbatdagi muhokama yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, mustaqil boshqarma va sohaviy xizmat rahbarlari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan hududlarga biriktirilgan masʼullar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda:
- Joriy yil 17 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri huzurida Buxoro viloyati IIO masʼul xodimlari bilan o‘tkazilgan kengaytirilgan sayyor yig‘ilish yakuni bo‘yicha tuzilgan bayonnoma bandlarining ijrosi hamda
- 2022 yil 21 oktyabrdagi Buxoro viloyatida jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida IIO tizimida mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritaning ijrosi muhokama qilindi.
Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarning bajarilish mexanizmlari, moddiy taʼminoti va shu kabi tashkiliy masalalar yechimi bo‘yicha takliflar o‘rganildi.
Har bir ko‘rib chiqilgan masala va bu borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olinib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan shahar va tumanlarga biriktirilgan kuratorlarga manzilli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.