14 Yanvar 2023 yil 604

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Unda viloyat IIB rahbariyati, shaxsiy tarkibi hamda faxriylar qatnashdilar.

Tantanali tadbirda Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Ichki ishlar vazirining bayram tabrigi o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng Vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligini taʼminlash yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olish borasidagi samarali mehnatlari, o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida ko‘rsatgan mardlik va jasorati, kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun hamda 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bir guruh xodimlar munosib taqdirlandi.

Jumladan, 1nafar xodim “Aʼlo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, 2 nafar xodim I darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, 2 nafar xodim II darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, 3 nafar xodim III darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, 1 nafar xodim Ichki ishlar vazirligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlangan bo‘lsa, bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan, boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i orqali 773 nafar xodimlarga pul mukofoti berilib, 17 nafar xodimlarning harakatdagi intizomiy jazolari rag‘batlantirish tariqasida muddatidan ilgari olib tashlandi.

Text to speech