30 May 2022 yil 589

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30-may kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi kichik majlislar zalida, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, Ichki ishlar bo‘lim va bo‘linma boshliqlari va masʼul xodimlar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev olib borib, quyidagi masalalar:

  • viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, hududiy ichki ishlar organlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, shuningdek jamoatchilik vakillaridan iborat yig‘ma otryadlar tomonidan viloyatdagi 96 ta qizil toifaga kirgan mahallalarda huquqbuzarliklarni oldini olish hamda jinoyatlarni jilovlash borasida amalga oshirilayotgan haftalik ish natijalari, yo‘l qo‘yilgan tizimli xato va kamchiliklar, kelgusidagi vazifalar;
  • Mahallalarda faoliyat olib borayotgan barcha korxona, tashkilot, muassasa va boshqa obyektlarda tashkil etilgan tungi qorovulliklarning ahvoli, tungi qorovullar bilan ichki ishlar organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu boradagi mavjud muammolar;
  • “G‘alla-2022” o‘rim-yig‘im mavsumining boshlanishi munosabati bilan halla o‘rim kombaynlari, don maxsulotlarini tashishga jalb etilgan yuk transport vositalari boshqa yordamchi texnikalarning tayyorgarligi, don maxsulotlarini talon-toroj qilish bilan bog‘liq huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish yuzasidan tezkor guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, don qabul qilish maskanlarida xavfsizlik hamda ushbu tadbirlarga jalb etilgan transport vositalarining yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifalar birma-bir muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan shahar va tumanlarga viloyat ichki ishlar boshqarmasidan masʼul etib biriktirilgan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, Jinoyat qidiruv, Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Jamoat tartibini saqlash va Tashkiliy boshqarmalari rahbarlari, shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining boshliqlari va tegishli sohaviy xizmatlar masʼullariga aniq va manzilli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Yig‘ilish yakunida boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan barcha sohaviy xizmatlar, hududiy ichki ishlar organlari rahbar va masʼul xodimlari qattiq ogohlantirilib, ijrochilik intizomiga qatʼiy rioya qilishlari, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etishlari lozimligi, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbus ko‘rsatib, qo‘l ostidagi xodimlarga shaxsiy namuna bo‘lgan holda xizmatni tashkil etishlari taʼkidlandi.

Text to speech