2 Fevral 2023 yil 534

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 2-fevral kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, Ichki ishlar bo‘lim va bo‘linma boshliqlari va masʼul xodimlar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari — JXX boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev olib borib, quyidagi masalalar,

- viloyatdagi 94 ta qizil toifadagi mahallalarda Ichki ishlar boshqarmasi, hududiy ichki ishlar organlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, shuningdek jamoatchilik vakillaridan iborat yig‘ma otryadlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bunda qizil toifaga kirgan mahallalarda huquqbuzarliklarni oldini olish hamda jinoyatlarni jilovlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar;

Shuningdek, 193 ta sariq toifadagi mahallalarda ham jinoyatlarni jilovlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar;

Bundan tashqari, mahallalarda faoliyat olib borayotgan barcha korxona, tashkilot, muassasa va boshqa obyektlarda tashkil etilgan tungi qorovulliklarning ahvoli, tungi qorovullar bilan ichki ishlar organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu boradagi mavjud muammolar birma-bir muhokama qilindi.

Muhokamada sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilinib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar borasida so‘z yuritildi.

Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan shahar va tumanlarga viloyat ichki ishlar boshqarmasidan masʼul etib biriktirilgan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, Jinoyat qidiruv, Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Jamoat tartibini saqlash va Tashkiliy boshqarmalari rahbarlari, shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining boshliqlari va tegishli sohaviy xizmatlar masʼullariga aniq va manzilli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Yig‘ilish yakunida barcha sohaviy xizmatlar, hududiy ichki ishlar organlari rahbar va masʼul xodimlaridan ijrochilik intizomiga qatʼiy rioya qilishlari, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etishlari lozimligi, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbus ko‘rsatib, qo‘l ostidagi xodimlarga shaxsiy namuna bo‘lgan holda xizmatni tashkil etishlari taʼkidlandi.

Shuningdek, mahallalarda kelgusida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida, «xonadonbay», «oilabay» va «fuqarobay» tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi borasida so‘z bordi.

Text to speech