Buxoro viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarga maxsus sertifikatlar topshirildi
Ichki ishlar organlari xodimlarini “Xalq manfaatlariga xizmat qiladigan ijtimoiy yo‘naltirilgan professional tuzilmaga aylantirish maqsadida bir qator islohotlar olib borilib, tizimda kadrlar malakasini oshirish maqsadida maxsus o‘quv kurslari ham tashkil etilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ichki ishlar organlari xodimlariga kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksining mazmun-mohiyatini yetkazish, ularning kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha o‘quv yig‘inlarini tashkil etish to‘g‘risidagi tegishli farmoyishi talablari ijrosi yuzasidan Mudofaa vazirligiga qarashli 28803-sonli harbiy qismda bir qator soha xodimlari malaka oshirdilar.
Ixtisoslashtirilgan o‘quv amaliy kurslarida viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari xodimlarining intellektual bilim salohiyati, jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirishga alohida ahamiyat qaratildi.
O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Umid Utayev tomonidan maxsus sertifikatlar tantanali topshirildi.