Buxoro viloyati IIB boshlig‘i PPX batalyoni faoliyati va u erda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov viloyat IIB JXX JTSB PPX batalyonida bo‘lib, taalluqli sohaviy xizmatlar rahbarlari va soha xodimlari ishtirokida yo‘riqnoma o‘tkazdi.
Unda, kunduzgi hamda tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarga fuqarolar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda tungi vaqtlarda ularning jamoat joyi va turli ko‘ngilochar maskanlarda maqsadsiz yurishlarini bartaraf etishga qaratilgan ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, xodimlar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdi.
Xususan, xodimlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan zamonaviy oshxona, yotoqxona va dam olish xonalarida yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish jarayonida boshqarma boshlig‘i batalyonda zaruriy texnika hamda boshqa vositalarning yetarliligi va mavjud muammolarni birma-bir ko‘rib chiqib, aniqlangan masalalar yuzasidan masʼullarga zaruriy topshiriqlar berdi.