15 Iyul 2023 yil 596

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Qorako‘l tumani IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga doir muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida boshqarma sohaviy xizmatlar rahbarlari va Qorako‘l tumani IIBning barcha xodimlari ishtirokida shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga doir muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda, dastlab tuman IIB mas'ullari tomonidan bo‘limda xizmat intizomini mustahkamlash, shaxsiy tarkib tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli qonunbuzarliklarni oldini olish, viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yarim yillik faoliyat davomida sodir etilgan korrupsion holatlar bilan bog‘liq salbiy hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha olib borilgan profilaktik ishlar yuzasidan axborot berilib, amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida ma'ruza qilindi.

Tadbir doirasida boshqarma boshligʻi tomonidan barcha sohaviy xizmatlar rahbarlari va xodimlarning aynan shu yo‘nalishda amalga oshirgan ishlari muhokama qilinib, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar hamda xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Ijobiy natijalarga erishgan xodimlar va ulardan ayrimlarining ota-onalariga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari e'lon qilindi.

Text to speech