11 Avgust 2022 yil 614

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i hududiy ichki ishlar organlari xizmat faoliyatini o‘rganmoqda

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev kundalik ish reja asosida hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish borasida o‘rganishlar o‘tkazmoqda.

Jumladan, bugun, 11-avgust kuni boshqarma boshlig‘i tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda Vobkent tumanida o‘rganishlar o‘tkazdi.

Vobkent tumani “Xayrxush” va “Chorbog‘kent” mahallalariga xizmat ko‘rsatuvchi ichki ishlar organlari tayanch punktlari hamda ushbu mahallalardagi jamoat nazorati maseanlarining faoliyati, navbatchilik hamda yo‘nalishli patrullik guruhlarining ish tartiblari o‘rganildi.

Bundan tashqari tuman ichki ishlar bo‘limi tergov tezkor guruhining hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib kelishi va voqea joyidagi harakatlari ko‘rikdan o‘tkazildi.

O‘rganish davomida hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarning natijadorligi tanqidiy tahlil qilinib, profilaktika inspektorlari yurituvidagi hujjatlar, ariza va xabarlar bo‘yicha olib borilgan surishtiruv harakatlari joyida o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishlar davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddilar va profilaktika inspektorlariga tegishli tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, mahallada og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida, “xonadonbay”, “oilabay” va “fuqarobay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Bu kabi o‘rganishlar davom etmoqda.

Text to speech