Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan o‘rganishlari davom etmoqda
Bugun, 18 yanvar kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘i Shuxrat Aliyev O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish departamenti 6-mintaqaviy hudud muvofiqlashtirish markazi 1-son JIEK da bo‘lib, muassasada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
Tashrif davomida koloniyaning qish mavsumiga tayyorgarligi, issiqlik tizimining bir maromda ishlashi, hududni obodonlashtirish, turkum yotoqxonalari, oziq-ovqatlarni saqlash omborxonasi hamda boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish xonalarining holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan suhbatlashib, ularning muammolari o‘rganildi.
Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i viloyat IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Maxsus qabulxonasi hamda Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni Reabilitatsiya qilish markazida ham bo‘ldi.
Mazkur muassasalarning qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimining holati, bu yerda saqlanayotganlarga yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi, ularning sifati ham ko‘zdan kechirildi.
Boshqarma boshlig‘i mazkur muassasalarda qish mavsumini betalafot o‘tkazish, xonalarni muqobil issiq harorat bilan taʼminlash, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish borasida o‘zining bir qator tavsiyalarini berib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi va ijrosini alohida nazoratga oldi.
Boshqarma boshlig‘ining o‘rganishlari davom etmoqda.