Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining hududiy ichki ishlar organlari xizmat faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda
Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev kundalik ish reja asosida hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish borasida o‘rganishlar o‘tkazmoqda.
Jumladan: bugun, 15-avgust kuni ham boshqarma boshlig‘i tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda Olot tumanida bo‘ldi.
Dastlabki manzil tumanning “qizil toifa”ga kiruvchi “Usmonshayx” mahallasi. Bu yerda masʼullar ushbu mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi ichki ishlar organlari tayanch punkti va profilaktika inspektorining kundalik faoliyati, inspektorning yurituvidagi hujjatlar, yig‘ma otryadning o‘rganishlari natijalari, boshqa sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar ahvoli ham ko‘zdan kechirildi.
Navbatdagi “Shayxlar” mahallasiga borgan boshqarma boshlig‘i boshchiligidagi masʼullar 1-son Ichki ishlar bo‘linmasi, ushbu mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi 529-sonli va “Bayot” mahallasidagi 532-sonli ichki ishlar organlarining tayanch punktlari faoliyati, shuningdek mazkur hududlarda tungi vaqtlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish uchun tashkil etilgan Jamoatchilik nazorati maskanlarining faoliyatini ham o‘rganishdi.
O‘rganishlar davomida asosiy eʼtibor, hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan yo‘l xaritalarining ijrosi va bu bordagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratildi.
Mazkur o‘rganishlar davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddilar va profilaktika inspektorlariga tegishli tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, mahallada og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida, “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.