Buxoro viloyati IIB boshlig‘i huzurida ZOOM platformasi orqali navbatdagi tezkor yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun, 9 dekabr kuni Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.
Ichki ishlar boshqarmasi va shahar-tumanlar ichki ishlar organlarining rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etgan yig‘ilishda bugungi kunning eng dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Jumladan:
- hududlarda kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlikning ahvoli, mavsumni betalafot o‘tkazish, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, bunda ayniqsa aholini tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlash, ko‘mir yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, aniqlangan muammolar va fuqarolarning takliflaridan kelib chiqib mavsum davomida elektr energiyasi va tabiiy gaz resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish hamda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq holatlarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish masalalari birma-bir ko‘rib chiqilib, hududiy ichki ishlar organlarida siyosiy-ijtimoiy vaziyat bo‘yicha idoralararo tezkor shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida masʼul rahbarlarning hisobotlari tinglandi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.