31 May 2023 yil 643

Buxoro viloyati IIB JXX YHXBda navbatdagi tahliliy-tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining majlislar zalida Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan erishilgan yutuqlar hamda sodir etilgan xizmat intizomi va qonun buzilishi bilan bog‘liq holatlar shuningdek, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan navbatdagi tahliliy-tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbari hamda mas'ul xodimlari, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Yig‘ilishda viloyat hududida namunali harakat xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi hamda boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Shuningdek, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan bir qator xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilib, kelgusida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etmagan xodimlarga qat'iy ta'sir choralari qo‘llanishi yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Bundan tashqari, tizimda mavjud muammolar o‘rtaga tashlanib, ularni bartaraf etish va samarali xizmatni tashkil etish borasida mas'ullarga manzilli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish so‘nggida viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan shaxsiy tarkib bo‘lim va bo‘linma rahbarlariga bugungi muhokamadan kerakli xulosani chiqarib, samarali va natijali ishni tashkil etish va viloyat hududida yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq salbiy holatlarni kamaytirish lozimligi alohida ta'kidlandi.

Text to speech