18 Noyabr 2022 yil 735

Buxoro viloyati IIBda xodimlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Kitob inson kamolotida muhim ahamiyatga ega inson doim bilim olish izlanish bilan o‘z dunyoqarashini oshiradi fikrlash doirasini kengaytiradi bugun yurtimizda kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi  tadbirlar o‘ziga xos tarzda o‘tkazilayotganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual salohiyati, dunyoqarashi va maʼnaviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish ular o‘rtasida faol kitobxonlar safini kengaytirish va notiqlik xususiyatlarini yuksaltirish hamda Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘i talablariga asosan, bugun 18 noyabr kuni Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovni adolatli va yuqori saviyada o‘tishini taʼminlash maqsadida viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi hamda viloyat Abu Ali ibn Sino nomidagi Axborot-kutubxona markazidan boy tajribaga ega o‘qituvchi-murabbiylar taklif etildi.

Tanlovda boshqarma apparati hamda shahar-tumanlar ichki ishlar bo‘limlari va sohaviy xizmatlardan 30dan ortiq xodimlar ishtirok etishdi.

Ko‘rik tanlov ikki bosqichda bo‘lib, test sinovi, badiy asarlar bilimdoni, tezkor savol-javob hamda buyuk mutafakkir va adib shartlari asosida ishtirokchilar bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Yakunda tanlovda bor bilim va mahoratini namoyon etib, g‘olib bo‘lgan xodimlar boshqarma boshlig‘ining faxriy yorlig‘i, esdalik sovg‘alar hamda kitoblar jamlanmasi bilan munosib taqdirlandilar.   

Text to speech