Buxoro viloyati IIBda navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi o‘tkazildi
Bugun, 10-iyun kuni Buxoro viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan “Ochiqlik – korrupsiyaning oldini olishda muhim vosita” mavzusida navbatdagi maʼrifat darsi o‘tkazildi.
Mavzu yuzasidan viloyat IIB MMI va KBTX mas’ullari hamda Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi Izzatullo Shoyev tomonidan ma’ruza qilinib, xodimlarga batafsil ma’lumotlar berildi.
Bunda, davlatimiz rahbarining mamlakatimizda qonun ustuvorligi, tinchlik osoyishtalikni yanada ta’minlash yuzasidan olib borayotgan oqilona siyosati hamda dunyoning boshqa mamlakatlarida jahon miqyosida korrupsiyaning oldini olishda olib borilayotgan sa’y-harakatlarning natijasi qay darajada o‘z samarasi ko‘rsatayotganligi yuzasidan alohida so‘z yuritildi.
Shuningdek, joriy yilning 9-iyul kuni muddatidan ilgari Prezident saylovi o‘tkazilishi munosabati bilan boshqarma shaxsiy tarkibiga kerakli ma’lumotlarni yetkazish maqsadida taklif etilgan 3-Buxoro saylov okrugi komissiya a’zosi, ekspert Qahramon Tursunov tomonidan batafsil ma’lumotlar berilib, xodimlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Tadbir doirasida davlatimiz rahbarining 2021-yil 30-noyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 23-sonli qarori asosida joriy yilning 2-may kuni test sinovlarida ishtirok etib, yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan 5 nafar profilaktika inspektorlari hamda ularning ota-onalariga Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘ining tavsiyanomasi topshirildi.