Buxoro viloyati IIBda navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi o‘tkazildi
Bugun, 15-iyul kuni Buxoro viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan “Inson qadr-qimmatini kamsitish, qiynoqqa solish — jinoyat” mavzusida navbatdagi maʼrifat darsi o‘tkazildi.
Mavzu yuzasidan viloyat IIB MMI va KBTX masʼullari hamda Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Rustam Sunadov tomonidan maʼruza qilinib, xodimlarga batafsil maʼlumotlar berildi.
Bunda, huquqqa qarshi qaratilgan jinoyat ko‘rinishlaridan biri hisoblangan qiynoq shaxsning jismoniy va ruhiy daxlsizligi, shaxsiy xavfsizligiga tajovuz qilishi, shu bois ham 1948-yil 10-dekabrda xalqaro hamjamiyat «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ni qabul qilish orqali qiynoq yoki shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazo turlarini qo‘llashni taqiqlangani haqida so‘z yuritildi.
Jumladan, Deklaratsiyaning 5-moddasida «Hech kim azob-uqubatga yoki vahshiylarcha, insonlikka isnod bo‘lgan yoki qadr-qimmatni xo‘rlaydigan muomala va jazoga mustahiq bo‘lmasligi kerak» – degan qoida mustahkamlangani xususida taʼkidlandi. 2018-yilning 4-aprel kunidagi «Sud-tergov faoliyatida fuqarolar¬ning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun bilan Jinoyat kodeksining 235-moddasiga o‘zgartishlar kiritilgani hamda qiynoq uchun javobgarlikka oid normalar takomillashtirilgani yuzasidan batafsil huquqiy tushunchalar berildi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, MMI va KBTX boshlig‘i Umid Utayev tomonidan Buxoro viloyati Ichki ishlar organlarining mukofotlangan bir guruh yosh xodimlari taqdirlandi. Bular:
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotganligi shuningdek, Ichki ishlar organlarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdagi faol ishtiroki uchun hamda 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan IIVning tegishli buyrug‘i bilan:
- Qorovulbozor tumani IIB ekspert kriminalistika guruhi katta eksperti - katta leytenant Shaxzod Islomov “Esdalik qo‘l soati” bilan;
- viloyat IIB MMI va KBTX katta inspektori - katta leytenant Jasurbek Shukurlayev “Yoshlar fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan;
- viloyat IIB JXX bo‘linmalari JTSB PPX batolyoni 2-otryad xodimi - safdor Baxrom Xayriyev pul mukofoti bilan;
Joriy yilning 27-aprel kunidan 3-may kuniga qadar Birlashgan Arab Amirligida o‘tkazilgan sportning “Armwresting” turi bo‘yicha “XXI-Osiyo Armwresting” chempionatida munosib ishtirok etib, qizlar o‘rtasida faxrli 3-o‘rinni egallab, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelganligi munosabati bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:
- Buxoro shahar IIO FMB JXX HPB Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi - leytenant Intizor Iskandarova pul mukofoti bilan;
Vazifasiga vijdonan yondashib, hamkasblariga o‘rnak ko‘rsatayotgani uchun:
- G‘ijduvon tumani IIB 1-son IIB HP guruhi profilaktika inspektori - katta leytenat Firdavs Safarov pul mukofoti bilan;
“Yuksak jangovar shaylik va jismoniy tayyorgarlik” shiori ostida ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining 3-Respublika Yoshlar Forumida qizlar o‘rtasida sportning “Suzish” turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Buxoro viloyati IIB jamoasi nomidan ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egallaganligi munosabati bilan:
- Buxoro shahar IIO FMB JXX HPB Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi - leytenant Sadoqat To‘rayeva Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 1-darajali Diplomi hamda 5.000.000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanganlarga alohida minnatdorlik bildirilib, munosib rag‘batlantirildi.
Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq 1 nafar xodimga “podpolkovnik” maxsus unvoni topshirildi.