Buxoro viloyati IIBda navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi o‘tkazildi
Bugun, 24-iyun kuni Buxoro viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan “OAV — jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi” mavzusida navbatdagi maʼrifat darsi o‘tkazildi.
Mavzu yuzasidan viloyat IIB MMI va KBTX mas’ullari hamda viloyat Yozuvchilar uyushmasi raisi Shodmon Sulaymonov tomonidan ma’ruza qilinib, xodimlarga batafsil ma’lumotlar berildi.
Bunda, axborot mamlakat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasi shakllanishining asosiy vositalaridan biridir. Shuning uchun ham axborotga bo‘lgan hayotiy ehtiyoj, uni qondirishga xizmat qiluvchi omillarni shakllantirish kishilik taraqqiyotining har bir bosqichida yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelgani haqida so‘z yuritildi.
Jumladan, IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi hamda hududlardagi IIB Axborot xizmatlari xodimlari internet tarmog‘idagi veb-sayt hamda telegram kanallari orqali aholini ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyati haqida o‘z vaqtida va ishonchli xabardor qilib kelishi barobarida mazkur yo‘nalishdagi dolzarb masalalarni aholiga doimiy ravishda yetkazib turish, ichki ishlar organlari faoliyati to‘g‘risida noto‘g‘ri va noxolis axborotlar tarqalishining oldini olish, huquqbuzarliklar bilan bog‘liq vaziyatlarning tezkor va haqqoniy yoritilishini ta’minlashda fidoyilik ko‘rsatayotgani ta'kidlandi.
Shunigdek, Xavfsizlik qoidalari yuzasidan favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas'ul xodimi tomonidan ochiq suv havzalarida fuqarolarning cho‘kib halok bo‘lishlari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib bodildi.
Respublika bo‘yicha IIO xodimlari bilan bog‘liq salbiy holatlar yuzasidan Ichki ishlar vazirligi SHXBB bo‘yicha Buxoro viloyati boshqarmasi mas'ul xodimi tomonidan maruza qilindi.
Shu bilan birga, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Erkin Safarov tomonidan Qozog‘iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Toshkent shahrida o‘tkazilgan turli Osiyo chempionatlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib qaytgan Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimlari katta serjant Sharif Qo‘shayev, serjant Nurbek To‘rayev, serjant Shaxboz Nurmatov, safdor Dilshod Namozov va kichik serjant Azizabonu Latipovalarga alohida minnatdorlik bildirilib, bir martalik pul mokofotlari bilan rag‘batlantirildi.