26 Dekabr 2022 yil 748

Buxoro viloyati IIBda navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 26 dekabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasida, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, Ichki ishlar bo‘lim va bo‘linma boshliqlari va masʼul xodimlar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev olib borib, quyidagi masalalar,

- Viloyat markazi va shahar tumanlarda “Yangi yil” va “Prezident archasi” bayram tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida fuqarolar va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash borasidagi vazifalar;

- joriy yilning o‘tgan davri mobaynida hududlarda sodir etilgan jinoyatlarning tahlili va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish bo‘yicha idoralararo hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar;

- bayram tadbirlari davrida xodimlar o‘rtasida xizmat intizomiga rioya qilishga doir vazifalar birma-bir muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan shahar va tumanlarga viloyat ichki ishlar boshqarmasidan masʼul etib biriktirilgan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, Jinoyat qidiruv, Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Jamoat tartibini saqlash va Tashkiliy boshqarmalari rahbarlari, shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining boshliqlari va tegishli sohaviy xizmatlar masʼullariga aniq va manzilli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Yig‘ilish yakunida boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan barcha sohaviy xizmatlar, hududiy ichki ishlar organlari rahbar va masʼul xodimlaridan ijrochilik intizomiga qatʼiy rioya qilishlari, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etishlari lozimligi, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbus ko‘rsatib, qo‘l ostidagi xodimlarga shaxsiy namuna bo‘lgan holda xizmatni tashkil etishlari talab qilindi.

Text to speech