Buxoro viloyati IIBda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi ishchi guruh o‘rganishlari yakuni bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun, 19-oktyabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, Ichki ishlar bo‘lim va bo‘linma boshliqlari va masʼul xodimlar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev olib borib, Ichki ishlar vaziri general leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruhi tomonidan o‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar, shu jumladan yashash manzilidan uzoq muddatga ketgan shaxslarni aniqlash va uzoq muddatdan qaytgan hamda muqaddam sudlangan shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar ahvoli, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar birma-bir muhokama qilindi.
Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan shahar va tumanlarga viloyat ichki ishlar boshqarmasidan masʼul etib biriktirilgan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, Jinoyat qidiruv, Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Jamoat tartibini saqlash va Tashkiliy boshqarmalari rahbarlari, shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining boshliqlari va tegishli sohaviy xizmatlar masʼullariga aniq va manzilli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Yig‘ilish yakunida boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan barcha sohaviy xizmatlar, hududiy ichki ishlar organlari rahbar va masʼul xodimlari qattiq ogohlantirilib, ijrochilik intizomiga qatʼiy rioya qilishlari, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etishlari lozimligi, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbus ko‘rsatib, qo‘l ostidagi xodimlarga shaxsiy namuna ko‘rsatgan holda xizmatni tashkil etishlari taʼkidlandi.