Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi Futbol musobaqasida Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi shoxsupaning eng baland pog‘onasini zabt etdi
Davlatimiz rahbarining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Buxoro viloyati “Dinamo” Jismoniy Tarbiya va Sport Jamiyati Kengashining taqvimiy jadvaliga muvofiq bugun, 22 iyun kuni viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan tarkib topgan jamoalar o‘rtasida sportning “Futbol” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasining final uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan masʼul rahbarlar bu kabi musobaqalar xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, sportni yana-da rivojlantirish, shaxsiy tarkibning jismoni va jangovar shayligini oshirishda muhim omil ekanligini taʼkidlab, jamoalarga omad tiladilar.
Ko‘tarinki ruhda start olgan musobaqada huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVga qarashli 7258 va 7536-son harbiy qism xodimlaridan tashkil topgan jami 10 ta jamoa o‘zaro bellashdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda yakuniy natijaga ko‘ra, umumjamoa hisobida 7258-son harbiy qism jamoasi va 6 mintaqaviy jazoni ijro etish departamenti jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqaning final uchrashuvida o‘zaro to‘qnashgan Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi va Ichki ishlar boshqarmasi jamoalari tomoshabinlarga gollarga boy bo‘lgan, hayajonli 90 daqiqani taqdim etdilar.
Yakuniy natijaga ko‘ra 3:1 hisobida Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi musobaqaning g‘oliblik shoxsupasini qo‘lga kiritdi.
Jamoalar va ularning murabbiylariga, musobaqa tashkilotchilari hamda hakamlarga dimlom, kubok, medal va qimmatbaho sovg‘alar berildi.
Yakunda masʼullar tomonidan xodimlar o‘rtasida bu kabi musobaqalarni muntazam o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab olindi.