22 Sentyabr 2023 yil 3446

Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Vobkent hamda G‘ijduvon tumanida tungi xizmat jarayonlari yuzasidan o‘rganishlar olib bordi

Hududiy ichki ishlar bo‘limlarida bo‘lgan boshqarma boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Navbatchilik qismida yuritilayotgan kitoblarda qayd etilgan ariza va xabarlarning bugungi kundagi holati, murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan tizimli muammolarni o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Tezkor-tergov guruhiga jalb etilgan xodimlar bilan birma-bir suhbatlashib, ichki ishlar bo‘limlari Navbatchilik qismiga kelib tushgan har bir murojaat yuzasidan o‘z vaqtida hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib borish, fuqarolarning murojaatlarini to‘liqligicha o‘rganib, tegishli tergovga qadar tekshiruv harakatlarini sifatli amalga oshirishlari yuzasidan o‘zining ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.

Ushbu jarayonda fuqarolarning bo‘limga olib kelinishi, surishtiruv va tergov xonalarining zaruriy texnik va videokuzatuv moslamalari bilan jihozlanganligi, surishtiruv jarayonlari va tezkor-tergov guruhiga jalb etilgan xodimlar bilan xizmat vazifalari yuzasidan savol javoblar o‘tkazdi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i mahallalarda "Xavfsiz tun" tadbiriga jalb qilingan xodimlar faoliyatini ham joyiga chiqib o‘rgandi.

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan viloyatning shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida tashkil etilgan tungi guruhlar faoliyatini o‘rganish va jinoyatchilikni oldini olish borasidagi ham o‘rganish, ham amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi tadbirlari davom etmoqda

Text to speech