7 Iyun 2024 yil 1116

Buxoro viloyat ichki ishlar organlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamkorlikdagi “qidiruv” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari o‘z samarasini bermoqda

Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining alohida Farmoyishiga asosan viloyat hududida jinoyat sodir sodir yetib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan shaxslarni ushlashb, jazoning muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan hamkorlikdagi “qidiruv” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari harakatga keltirilgan. Ushbu tadbirlar davomida javobgarlikdan yashirinib yurgan bir nechta shaxslar qo‘lga olindi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov organlaridan yashiringanligi uchun, Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan, Buxoro shahrining, Fayzullo Xo‘jayev mahallasida ro‘yxatda turuvchi, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 277-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, R.O. “qidiruv” tadbirlariga jalb etilgan viloyat IIB PPX batalyoni xodimlari tomonidan Peshku tumani hududida qo‘lga olindi va O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish departamenti 6-mintaqaviy hudud 4-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Ikkinchi holatda, O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi “b” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayli deb topilib, Buxoro shahar IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan, Romitan tumanining Bog‘iturkon mahallasida ro‘yxatda turuvchi A.A. Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Jizzax viloyati hududida ushlandi.

Uchinchi holatda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qism “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan, Buxoro shahar Istiqlol mahallasida ro‘yxatda turuvchi, 1983 yilda tug‘ilgan T.A. olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Buxoro shahri hududida yashiringan manzili aniqlanib ushlandi va 4-son Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

“Qidiruv” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari davom etmoqda.

Text to speech