2 Fevral 2024 yil 1152

Buxoro viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida Tergov boshqarmasi va uning quyi tizim tergov bo‘limlari shaxsiy tarkibi bilan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Unda 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kadrlar bilan ishlash ahvoli, qonunchilik va xizmat intizomini buzish holatlari kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tgan yig‘ilishda o‘tgan hisobot yilida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, shuningdek, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash choralari birma-bir ko‘rib chiqilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizim tergov bo‘limlari shaxsiy tarkibi ishtirokida “Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish, hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomani o‘rganish yuzasidan  o‘quv seminari o‘tkazildi.   

Text to speech