Buxoro viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov huzurida viloyat hududida jinoyatchilikni oldini olish, 3-sektor faoliyatini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Muhokamada boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari, mustaqil bo‘lim va bo‘linmalar boshliqlari hamda videokonfresaloqa orqali barcha shahar – tuman IIB boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, sektor kotiblari, murojaatlar bilan ishlash guruhi inspektorlari va viloyatdan shahar-tumanlarga biriktirilgan masʼullar ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi dastlabki masala, 3-sektorlarda olib borilayotgan ish natijalari muhokamasi o‘tkazildi.
Bunda, sektorlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, aholining dolzarb muammolarini hal qilish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, shuningdek, masʼul kotiblarning boshqaruvchilik va ishchanlik xislatlarini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi alohida taʼkidlandi.
Yig‘ilish davomida “Xavfsiz hudud – zarbdor oyligi” profilaktik tadbiri davomida amalga oshirilgan ishlar muhokamasi ham o‘tkazildi.
Jarayonda oylikdan ko‘zlangan maqsad, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir hududlarni jinoyatdan holi “yashil” hududlarga aylantirish borasidagi ishlar suratini oshirish maqsadida tegishli masʼullarga manzillari aniq topshiriqlar berildi.