5 Oktyabr 2023 yil 3451

Buxoro viloyati 3-sektor masʼullari tomonidan G‘ijduvon tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun, 5 oktyabr kuni Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Shuxrat Jalolov, tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Niyoziy Boltayev hamda tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Dilshod Muxtorov boshchiligida fuqarolar muammolari yechimiga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda, tuman hokimiyati vakillari, barcha korxona va tashkilotlar masʼullari va o‘z murojaatlariga yechim izlab kelgan fuqarolar ishtirok etdilar.

Sayyor qabulda fuqarolarning 15 dan ortiq murojaatlari ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, muddat talab qiluvchi murojaatlar nazoratga olindi va qolgan murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, qabul davomida fuqarolarga subsidiya tikuv mashinasi, o‘zini o‘zi band qilishi uchun imtiyozli kredit asosida mototsikl olib berildi.

Qabul davomida hudud ahlini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi ham tashkil etildi.

Fuqarolarimizning muammolari yechimiga bag‘ishlangan bu kabi sayyor qabullar viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham tasdiqlangan reja asosida davom etmoqda.

Text to speech