4 Fevral 2025 yil 1123

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari Ikromjon Tursunov boshchiligida G‘ijduvon tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va manzilli chora-tadbirlar qizg‘in davom etmoqda

Xabar berib borayotganimizdek , Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida G‘ijduvon tumanida viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan biriktirilgan masʼul rahbarlar tomonidan bir qator manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun, boshqarma boshlig‘i mazkur ishlarning borishini ko‘zdan kechirish, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan tizimli muammolarni hal etish, "Obod va xavfsiz xonadon" tamoyili asosida mahallalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tozalash-obodonlashtirish, qurilish-taʼmirlash, bunyodkorlik ishlarini yana-da jadallashtirishga doir o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganishlar jarayonida boshqarma boshlig‘i ko‘chama-ko‘cha, xonadonma-xonadon yurib, aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish, kasbga o‘qitish, aholi xonadonlarida chorvachilik, parrandachilik, asalarichilikni rivojlantirish, tomorqadan unumli foydalanish, issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha "Sayxunobod tajribasi"dan foydalanishni aholi orasida ommalashtirish orqali ularning moddiy manfaatdorligini oshirish borasida o‘zining tavsiya hamda ko‘rsatmalarini berdi.

Shuningdek, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv taʼminoti bilan taʼminlash darajasini yaxshilash borasida masʼullarga topshiriqlar berdi.

Shu bilan birga mahallalarda, xalqaro va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarda, ichki ko‘chalarda tozalash, obodonlashtirish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish, yangi bog‘lar yaratish, qishloq xo‘jaligi yerlarida, bog‘ va tokzorlarda agrotexnik tadbirlarni olib borish, ariq va zovurlarni tozalash, betonlashtirish kabi ishlarni bajarish yuzasidan ham tavsiyalar berdi.

Xalqaro ahamiyatga ega M37 avtomobil yo‘li yoqasida qurilgan noqonuniy qurilmalar hamda belgilangan tartib asosida o‘rnatilmagan turli reklama banerlarini bartaraf qilish, yo‘l yoqalarida ham ko‘p yillik manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi ham birma bir ko‘zdan kechirildi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ikromjon Tursunov boshchiligida olib borilayotgan bu kabi manzilli ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech