22 Sentyabr 2024 yil 1173

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari Ikromjon Tursunovga biriktirilgan ko‘lijabborlik kam taʼminlangan oilalarning muammolari yechim topmoqda

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz xabaringiz bor, Prezidentimiz raisligida joriy yilning 11-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa asosan Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi kambag‘al oilalar viloyat hamda hududiy sektor rahbarlariga biriktirib berildi. Shu jumladan 3-sektor rahbari sifatida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari hamda barcha hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga ham kambag‘al oilalar biriktirib berilib, manzilli ishlar boshlab yuborilgan edi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunov mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida G‘ijduvon tumani Ko‘lijabbor mahallasida istiqomat qiluvchi o‘ziga biriktirilgan 5 ta kam taʼminlangan oilalar muammolarini o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha alohida yo‘l xaritalarini tuzib, manzilli tadbirlarning bajarilishini alohida nazoratga olgan holda, har kuni ushbu mahallada bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirmoqda.

Bugungi o‘rganishlar davomida ham viloyat 3-sektor rahbari ushbu xonadonlarga borib, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritalari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va ularning dastlabki natijalari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida ushbu oilalarni doimiy daromadga olib chiqish borasida masʼullarga yana bir qator tavsiyalar berildi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi organlari rahbar xodimlariga biriktirilgan har bir kambag‘al oilalar bilan ishlash bo‘yicha tuzilgan yo‘l xaritalarning ijrosi yuzasidan manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Text to speech