1 Fevral 2025 yil 667

Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Peshku tumanida faoliyat olib boruvchi mahalla “yettilik” vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli Qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi

Uchrashuvda Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, tuman sektor rahbarlar, Adliya boshqarmasi xodimlari, taalluqli korxona va tashkilotlar masʼullari hamda mahallalarda “yettilik” vakillari ishtirok etdi.

Bunda, mazkur qarorning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berilib, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, tashkiliy, profilaktika, sodir etiladigan qonunbuzarliklarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikni barvaqt oldini olish borasida tushunchalar berildi.

Shuningdek, mahallarda faoliyat olib boruvchi “yettilik” vakillarining uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, qaror talablaridan kelib chiqqan holda aholining mavjud muammolarini birgalikda hal etish, ularni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali pirovardida jinoyatchilikka barham berish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Text to speech