Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov IIV masʼullari bilan birgalikda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bazasida barpo etilayotgan tezkor boshqaruv markazi (situatsion markaz) da olib borilayotgan qurilish ishlarini borib o‘rgandi
Buxoro viloyatida "Xavfsiz shahar" loyihasi asosida qurilayotgan ushbu markazga viloyat hududi bo‘ylab o‘rnatilayotgan barcha zamonaviy kuzatuv kameralari integratsiya qilinadi.
Bu esa hududlar bo‘ylab kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini va tezkorligini oshirishga xizmat qiladi.
Qurilish jarayonlarini O‘zbekiston Respublikasi IIV "Xavfsiz shahar" tizimlarini rivojlantirish markazi boshlig‘i mayor Ulug‘bek Kulanov, viloyat IIB masʼullari, pudratchi quruvchi ishtirokida ko‘zdan kechirgan boshqarma boshlig‘i inshootni yuqori sifat, zamon talablari asosida taʼmirlash, bunda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, belgilangan qurilish taʼmirlash grafigi asosida ishlarni yakunlab, foydalanishga topshirish yuzasidan o‘zining bir qator tavsiyalari hamda tegishli topshiriqlarini berdi.