31 Oktyabr 2024 yil 2139

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi negizida qurilishi rejalashtirilgan "Videokuzatuv Markazi" da amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish va taʼmirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi

Bugun, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi negizida tashkil etilayotgan zamonaviy tipdagi "Videokuzatuv Markazi" da amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish, taʼmirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining maʼmuriy binosida jadal surʼatlarda davom etayotgan ushbu majmuada amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarini ko‘zdan kechirgan boshqarma boshlig‘i, aholiga xizmat ko‘rsatish va xizmat xonalarini zamonaviy hamda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalangan holda jihozlash borasida o‘z tavsiyalarini aytib o‘tdi.

Bundan tashqari mazkur binoning qurilish jarayonlarini doimiy nazorat qilish, qurilish ishlarini belgilangan grafik hamda sifat tamoyillariga rioya qilgan holda olib borish, qurilish mollari, zaruriy texnika hamda boshqa vositalar bilan bog‘liq vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga manzilli topshiriqlar berdi.

Text to speech