Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov ish natijadorligini oshirishga doir navbatdagi muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi
Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari hamda tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirok etdi.
Muhokamada:
viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarlikni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar surʼatini oshirish;
jinoyat va huquqbuzarliklar yuzasidan kelib tushayotgan ariza va xabarlar hamda boshqa turdagi murojaatlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli ko‘rib chiqib, natijasi yuzasidan asoslantirilgan qarorlar qabul qilinishini taʼminlash;
mavsumga bog‘liq holda sodir etilishi mumkin bo‘lgan o‘g‘rilik, ayniqsa, chorva-mol o‘g‘riliklarini oldini olishga doir keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish;
firibgarlik, oila turmush doirasidagi jinoyatlar hamda kiberjinoyatlarni oldini olishga doir manzilli profilaktik tadbirlarni jadallashtirish;
maʼmuriy ish materiallari yuzasidan javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash maqsadida tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlarini sifatli o‘tkazib, sudlar orqali ko‘rib chiqilishini taʼminlash ;
har bir mahalla kesimida ajratib olingan 54 toifa shaxslar bilan yakka, umumiy hamda viktimologik profilaktik tadbirlarni yangi bosqichga ko‘tarish;
sodir etilgan har bir jinoyatni "Mahallabay" hamda “sohabay” muhokama qilinishini alohida nazoratga olish;
“Raqamli, obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarni zamonaviy videokuzatuv moslamalari bilan jihozlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish;
turizm obyektlari, jamoat joylari hamda yo‘llarda tilanchilik qilishni kasb qilib olgan shaxslar bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini olishga doir profilaktik hamda ogohlantiruv tadbirlarni kuchaytirish;
yo‘llarda harakat xavfsizligini oldini olishga doir amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yana-da ko‘paytirib, sodir etilishi mumkin bo‘lgan yo‘l transport hodisalarini oldini olishga doir o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari orqali natijadorlikka erishish;
viloyat hududidagi mavjud “qizil” toifadagi mahallalarga biriktirgan masʼullarning kundalik ish natijalarini monitoring qilib, samaradorlikka erishishlari yuzasidan manzilli ko‘rsatmalar berib borish;
viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon, G‘ijduvon, Vobkent tumanlari hamda shahar va tumanlarning 3-sektorlarida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish, shu jumladan mehnatga layoqatli, doimiy daromad manbasiga ega bo‘lmagan aholining ishsiz qatlamini doimiy ish bilan taʼminlash choralarini ko‘rish;
sektor shtabiga aʼzo tegishli tashkilotlar masʼul rahbarlaridan iborat ishchi guruhlar faoliyatini alohida nazorat qilib, mahallalarda mavjud kambag‘al oilalarning aniq ro‘yxatlarini shakllantirish;
kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kambag‘al oilani og‘ir ahvoldan chiqarish bo‘yicha individual reja tuzib ularni kambag‘allikdan chiqarish, moddiy daromadlarining oyma oy ko‘payib borish mexanizmlarini ishlab chiqib, muammolariga yechim topish;
migratsiyada yurgan yoki qaytib kelgan fuqarolar bilan ishlash borasidagi ishlab chiqilgan yo‘l xaritalar ijrosini alohida nazoratga olish;
kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida eng avvalo ijtimoiy obyektlar, maktab, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shifoxona, oilaviy shifokorlik punktlaridagi qozonxonalarning sozligi va ishchi holatda ekanligini kundalik nazoratga olish;
elektr energiyasi, tabiiy yoki suyultirilgan gaz, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, mahallalarni obodonlashtirish va “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish;
is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini olish maqsadida, taalluqli mutasaddi idoralar vakillari, mahalla yettiligi hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish;
aholining elektr energiyani tejovchi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish madaniyatini oshirish, shu jumladan korxona, tashkilot, muassasalar, savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari, ko‘p qavatli turarjoylar hamda aholi xonadonlariga quyosh panellarni o‘rnatish ishlarini yana-da jadallashtirish, bu boradagi targ‘ibot tadbirlarini ham kuchaytirish;
viloyat hududida davom etayotgan "Paxta - 2024" mavsumi doirasida hosilning payhon, talon-taroj qilinishi bilan bog‘liq holatlarga qarshi tezkor tadbirlarni samarali tashkil etish;
xizmat va ijrochilik intizomini kuchaytirish, xodimlarning kundalik vazifalarini bajarishlari yuzasidan monitoring, tahlil va nazorat tizimini qatʼiy amalga oshirish orqali ish samaradorligiga erishish borasidagi masalalar birma-bir muhokama qilindi.
Boshqarma boshlig‘i o‘z so‘zida intizom, fidoyilik birinchi galda rahbarlarning o‘zida ko‘rinishi kerakligini alohida taʼkidlab, barcha toifadagi rahbarlar qo‘l ostidagi xodimlarga namuna ko‘rsatib ish samaradorligini oshirishga doir tizimni ishlab chiqishi, shu asosda xizmatni tashkil etishi lozimligini taʼkidladi.