30 Dekabr 2023 yil 2966

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Yuldashevich Miralimovning “Yangi 2024 yil” bayrami munosabati bilan ichki ishlar organlari xodimlariga bayram tabrigi

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari, soha faxriylari hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolarini kirib kelayotgan “Yangi 2024 yil” bayrami bilan samimiy tabriklayman.

 Hammamizga yaxshi maʼlumki, so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalarda bo‘lgani singari, ichki ishlar tizimida ham ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Zero, Prezidentimiz ichki ishlar organlari shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi bo‘lsin – deb, taʼkidlagan ezgu g‘oyalari bejiz emas. Aynan shu talab, sohamizda amalga oshirilgan va davom etib kelayotgan islohotlarning asosi va maqsadi bo‘lib xizmat qilmoqda.

 Bugun yurtimizda yuz berayotgan yangilanishlar, ulkan bunyodkorlik ishlari odamlarning kundalik hayotida o‘z aksini topib, eng asosiysi, yurtdoshlarimizning hayotga bo‘lgan dunyoqarashi o‘zgarishiga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi ortishiga xizmat qilmoqda.

 Qadrli hamkasblar!

 Aziz faxriylar!

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, uzoq-umr, oilangizga totuvlik, dasturxoningizga qut-baraka tilayman.

Yurtimizda fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash, qonuniylik hamda huquq-tartibotni mustahkamlashdek masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.

 Go‘zal va betakror yurtimiz tinch-osoyishta, olijanob va bag‘rikeng xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!

 Yangi – 2024 yil barchamizga qutlug‘ kelsin!

Text to speech