30 Yanvar 2024 yil 913

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Buxoro tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari, 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa mutasaddi idoralar masʼullari, mahalla xodimlari hamda murojaatlariga yechim izlab kelgan fuqarolar ishtirok etdilar.

Qabulda ko‘tarilgan 10 ga yaqin fuqarolarning turli ijtimoiy-iqtisodiy murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, ish yurituviga olingan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga ijobiy hal etish borasida manzillari aniq topshiriqlar berildi.

Text to speech