Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda boshqarmaning sohaviy xizmatlari rahbarlari, kunlik tezkor-tergov guruhi aʼzolari, videokonferensaloqa tizimi orqali hududidiy ichki ishlar organlarining tezkor va tergov guruhiga, kunduzgi hamda tungi patrullik yo‘nalishlarida xizmatga jalb etilgan masʼul rahbarlar va shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Muhokamada:
-kundalik tushayotgan murojaatlar bilan ishlash;
-jinoyat va huquqbuzarliklarga oid ish yurituviga olingan hujjatlar yuzasidan belgilangan muddatlarda qonuniy qarorlar qabul qilishni taʼminlash;
-tezkor-tergov guruhiga jalb etilgan shaxsiy tarkibning sutkalik faoliyatini alohida nazorat qilish;
-kunduzgi hamda tungi patrullik yo‘nalishlarida xizmatga jalb etilgan xodimlarning xizmat faoliyatida natijadorlikka erishish;
-navbatchilik qismiga kelib tushayotgan har bir murojaat yuzasidan o‘z vaqtida hodisa sodir bo‘lgan joyiga yetib borish, murojaatlarni to‘liqligicha o‘rganib, tegishli tergovga qadar tekshiruv harakatlarini sifatli amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yakunda ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga bir qator ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.