Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov tezkor yig‘ilish o‘tkazdi
Videokonferensaloqa tizimi asosida o‘tkazilgan ushbu tezkor yig‘ilishda, boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududlarga biriktirilgan masʼullar, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda:
- viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish, aniqlanadigan jinoyatlarni issiq izida fosh etish, mavhum holatda sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarni ochish, qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni topish borasidagi tezkor hamda profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirish;
- 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va hududlardagi vakillik organlariga o‘tkaziladigan saylov tadbirlari davomida jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini taʼminlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish borasidagi berilgan topshiriqlarning ijrosi;
- qizg‘in pallaga kirgan paxta yig‘im terimi mavsumida hosilni payhon va talon-taroj qilinishini oldini olish, paxtani tashishga mo‘ljallangan transport vositalari va tirkamalar, terim otryadlarini uyushqoqlik bilan ko‘chirishda foydalanilayotgan avtobuslarning texnik xavfsizligini, yo‘llarda xavfsiz harakatlanishini alohida nazoratga olish, ular bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarini sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shu bilan birga hasharchilarning xavfsizligini taʼminlash va ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratib berish, terim pullarining o‘z vaqtida berilishini taʼminlash;
- har bir berilgan vazifaga masʼuliyat bilan yondashish, shaxsiy tarkib tomonidan ijro va xizmat intizomi hamda qonun talablariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash borasidagi kundalik nazorat va tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish;
- fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning har qanday murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, asoslantirilgan qarorlar qabul qilish borasidagi ishlarni alohida nazoratga olish;
- ijtimoiy siyosiy hamda kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir qilayotgan holatlar, ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinib, keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan turli mazmundagi murojaatlar yuzasidan tezkor surishtiruv olib borib, tegishli idoralar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rish kabi masalalar birma bir va atroflicha muhokama qilindi.
Kun tartibidagi mazkur masalalar yuzasidan masʼullarning hisobotlari, takliflar hamda mulohazalari tinglanib, galdagi vazifalar belgilab olindi.
Yakunda, mutasaddi rahbarlarga bajarish muddatlari aniq belgilangan manzilli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.