14 Noyabr 2024 yil 2143

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida jinoyatchilikka qarshi keskin kurashish suratini oshirish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 11 oyi 10 kunligida sodir etilgan jinoyatlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja sharipov hamda boshqa o‘rinbosarlar, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari, videokonferensaloqa shaklida shahar va tumanlar Ichki ishlar bo‘limlari rahbariyati hamda shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tgan yig‘ilishda:

- viloyat hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish;

-sodir etilayotgan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish;

-og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida erta profilaktikani tashkil etish;

-viloyat hududida sodir eitalyotgan jinoyatlarning "Mahallabay" muhokamasini tashkil etish;

-qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni topish, ochilmagan jinoyatlarni fosh etish, oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning profilaktikasini amalga oshirish;

-"Xavfsiz hudud - dolzarb 50 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlari doirasidagi ishlarni jadallashtirish;

- tergov sifatini oshirish, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergov harakatlari davomida qonuniylikni taʼminlash;

- 102 qisqa raqamiga, hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismiga, shuningdek, o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda kelib tushyotgan murojaat, ariza va xabarlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli ko‘rib chiqib, natijasi yuzasidan asoslantirilgan qarorlar qabul qilinishini taʼminlash;

-jamoat hamda yo‘l harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, shu jumladan “qizil” va “sariq” mahallalarda tezkor hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish orqali “yashil” toifali mahallalar sonini oshirish;

-huquqbuzarliklarga oid surishtiruv materiallarni sifatli olib borib, o‘z vaqtida holatga huquqiy baho berish, asoslantirilgan qarorlar qabul qilinishini taʼminlash;

-ilgari sudlanganlar, profilaktik va Probatsiya hisobida turuvchi, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli  yuqori bo‘lgan shaxslar bilan manzilli ishlash;

-uzoq muddatga yashash, ishlash, o‘qish yoki boshqa masalalarda uzoq muddatga chet elga chiqib ketgan yoki qaytib kelgan fuqarolar bilan ishlash, ularning mavjud muammolariga yechim topish;

-Is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq holatlarni oldini olishga doir targ‘ibot tadbirlarini, uyma-uy yurib tushuntirish ishlarini kuchaytirish;

«Energetika xavfsizligi oyligi» doirasida o‘tkazilayotgan tezkor hamda profilaktik tadbirlar suratini oshirish, fuqarolarning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishiga chek qo‘yish;

"Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok etish, hududlarni obodonlashtirib, ko‘kalamzorlashtirish, yashil qoplamalarni yangi bog‘larni yaratish;

-xizmat intizomi hamda qonuniylikni taʼminlash, korrupsiogen holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar ko‘rib chiqilib, hafta davomida respublikamiz hamda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari bilan bog‘liq sodir etilgan salbiy holatlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Tezkor yig‘ilishda har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, amalga oshirilgan ish natijalari birma-bir muhokama qilininib, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlarni birma-bir tahlil qilindi.

Yakunda, ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbariyati va shaxsiy tarkibga aniq topshiriqlar berilib, yil yakunlariga mo‘ljallangan yo‘l xaritalarining ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech