9 Noyabr 2024 yil 1539

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunovning bir kunlik ish faoliyati

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-yanvar kunidagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qarori hamda joriy yilning 1-noyabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan birinchi galdagi vazifalar yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, viloyatning 3-sektoriga qarashli hududlarda jinoyatchilikni jilovlash, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish, migrantlar bilan ishlash, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov 3-sektorga qarashli G‘ijduvon tumani “Oqrabot”, Shofirkon tumanining, “Do‘rmon”, “Mirzoqul” hamda “Shibirg‘on” mahallalarida ichki ishlar organlaridan masʼul etib biriktirilgan rahbarlar boshchiligida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli hamda manzilli chora-tadbirlar holatini ko‘zdan kechirish maqsadida o‘rganishlar olib bordi.

Erta tongdan G‘ijduvon tumanining Oqrabod mahallasiga yetib borgan boshqarma boshlig‘i viloyat va tuman IIB ning masʼullari, taaluqli korxona hamda tashkilotlar vakillaridan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan olib borilayotgan ishlarning dastlabki natijalari yuzasidan hisobotlarini tingladi.

So‘ng “xonadonbay”, “oilabay”, “fuqarobay” tizim asosida aniqlangan har bir masalaga jiddiy yondashish, ularga yechim topish yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarining mukamalligini taʼminlash borasida masʼullarga o‘zining tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalarini berdi.

Kun yarmigacha o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ishchi guruhlar tomonidan aniqlangan muammolarni “respublika”, “viloyat” hamda “tuman” darajasida hal etilishiga qarab toifalarga ajratib, masalalarning hal etish mexanizmlari yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berdi.

 Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining keyingi manzili 3-sektorga qarashli yana bir tuman Shofirkon tumanining Do‘rmon mahallasi bo‘ldi.

Do‘rmon mahallasiga yetib borgan boshqarma boshlig‘i viloyat hamda tuman ichki ishlar organlaridan biriktirilgan mutasaddilar, mahalla yettilik vakillari bilan uchrashib, ushbu mahallaning Do‘rmon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 1962 yilda tug‘ilgan Zayniddin Bo‘ronovning xonadoni misolida “xonadonbay” o‘rganishning tartib-tamoyillari, bunda aynan nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan tushunchalar berib, uy-ma-uy yurish davomida olib boriladigan o‘rganish ishlarini xuddi shu tartibda davom ettirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Navbatchilik qismidan kelib tushgan xabarga ko‘ra tumanning “Mirzoqul” mahallasida yashovchi Elyor Sadullayevning xonadonida sodir bo‘lgan “chaqnash” hodisasining sabablarini o‘rganish maqsadida Favqulotda vaziyatlar bo‘limi masʼul rahbarlari bilan birgalikda ushbu xonadonga borib, baxtsiz hodisaning sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni tahlil qildi hamda xuddi shu kabi hamda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq salbiy holatlarning oldini olish borasidagi targ‘ibot-tashviqot hamda manzilli ishlarni kuchaytirishga doir o‘zining tegishli tavsiya hamda topshiriqlarini berdi.

Navbatdagi manzil ushbu tumanning Shibirg‘on mahallasi bo‘ldi.

Bu yerda mahalla “yettilik” vakillari bilan uchrashib, aholining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasini oshirish, ko‘mir va qo‘shimcha suyultirilgan gaz bilan taʼminlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj kambag‘al oilalar bilan individual reja asosida ishlash borasida ko‘rsatmalar berdi.

Boshqarma boshlig‘ining kun davomida olib borgan o‘rganishlari davomida  mazkur mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash masalasi ham chetda qolmadi.

Bunda, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida, ichki ishlar organlari hisobida turgan, shuningdek, uzoq muddatga chet elga chiqib ketgan yoki qaytib kelgan fuqarolar, ularning oila aʼzolari va voyaga yetmagan farzandlari  bilan manzilli profilaktik tadbirlarni kuchaytirish ham talab qilindi.

Hududlarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, kameralashtirish, yashil energiya manbalari, xususan quyosh panellarini o‘rnatish va uning afzalliklari yuzasidan korxona, tashkilot va muassasalar, savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, aholi xonadonlarida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini kuchaytirish bilan birga, aniq reja asosida manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech