16 Dekabr 2024 yil 4474

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakulteti “serjantlik” yo‘nalishiga 2 ta mutaxassislik (Yo‘l-patrul faoliyati, Pasport tizimini ta’minlash) bo‘yicha o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovi boshlanganligini ma’lum qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro Akademik litseyiga 2024-yilning 17-dekabr kunidan murojaat qilishlari so‘raladi, 2025-yilning 17-yanvar kunidan keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

 Tanlov bosqichlari:

-hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

-umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;

-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

-intellektual bilim darajasini baholash;

-yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga mutaxassisliklar bo‘yicha:

1. “Yo‘l-patrul faoliyati” yo‘nalishiga: oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, bo‘yi
175 smdan past bo‘lmagan (erkaklar uchun);

2. “Pasport tizimini ta’minlash”  yo‘nalishiga: oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, bo‘yi 165 smdan past bo‘lmagan (erkaklar uchun), 160 smdan past bo‘lmagan (ayollar uchun);

Yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Fakultet yo‘nalishlariga nomzodlarni oliy ta’lim muassasasini tugatgan mutaxassisligi inobatga olingan holda ichki ishlar organlari uchun belgilangan talablar asosida qabul qilinadi. 

 Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:

·  fuqarolik pasporti; (biometrik, ID-karta);

·  harbiy guvohnoma asl nusxasi;

·  bakalavr diplomi asl nusxasi (ilovasi bilan);

 Manzil: Buxoro shahar Navoiyshox ko‘chasi 6-a uy,

Mo‘ljal: IIV Buxoro akademik litseyi binosi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: (90) 613-52-32; (91) 401-41-19

Text to speech