Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov Jondor tumanida jinoyatchilikni oldini olish olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
Bugun, 30 yanvar kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov Jondor tumanida bo‘lib, tumanda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish, fuqarolar muammolariga o‘z vaqtida yechim topish borasida tuman IIB masʼullari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab, tuman IIB xodimlari ishtirokida 2024 yilning yanvar oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Shundan so‘ng tumandagi “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda o‘rganish ishlari olib borildi.
Bunda, mahallalardagi kriminogen vaziyatga taʼsir qilayotgan omillar, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida alohida topshiriqlar berildi.
“Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan qo‘shma Qaror ijrosi bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni tezkor va samarali hal etish choralarini ko‘rish borasida ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari shu kuni tuman dehqon bozorida ham o‘rganish ishlarini olib bordi.