18 Noyabr 2024 yil 2072

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyat hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov boshchiligida barcha o‘rinbosarlar, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari, videokonferensaloqa shaklida hududiy ichki ishlar organlarining rahbariyati ishtirokida quyidagi masalalarni tanqidiy va tahliliy muhokama qilindi:

- joriy yilning o'tgan davrida viloyatda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning sabablari, shart-sharoitlari;

- mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni oldini olishga doir galdagi vazifalar, shu jumladan:

-sodir etilayotgan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish;

-og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni oldini olishga doir profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;

-viloyat hududida sodir etilayotgan jinoyatlarning "Mahallabay" hamda "sohabay" muhokamasini tashkil etish;

-qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni topish, ochilmagan jinoyatlarni fosh etish, oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning profilaktikasini amalga oshirish;

-"Xavfsiz hudud - dolzarb 50 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlari doirasidagi ishlarni jadallashtirish;

- tergov sifatini oshirish, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergov harakatlari davomida qonuniylikni taʼminlash;

- 102 qisqa raqamiga, hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismiga, shuningdek, o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda kelib tushayotgan murojaat, ariza va xabarlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli ko‘rib chiqib, natijasi yuzasidan asoslantirilgan qarorlar qabul qilinishini taʼminlash;

-jamoat hamda yo‘l harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, shu jumladan “qizil” va “sariq” mahallalarda tezkor hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish orqali “yashil” toifali mahallalar sonini oshirish;

-ilgari sudlanganlar, profilaktik va Probatsiya hisobida turuvchi, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar bilan manzilli ishlash;

-yashash, ishlash, o‘qish yoki boshqa sabablar bilan uzoq muddatga chet elga chiqib ketgan yoki qaytib kelgan fuqarolar bilan ishlash, ularning mavjud muammolariga yechim topish;

-is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq holatlarni oldini olishga doir targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish, uyma-uy yurib tushuntirish ishlarini olib borish;

-«Energetika xavfsizligi oyligi» doirasida o‘tkazilayotgan tezkor hamda profilaktik tadbirlar surʼatini oshirish, fuqarolarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishiga chek qo‘yish;

-xizmat intizomi hamda qonuniylikni taʼminlash, korrupsiogen holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar ko‘rib chiqilib, hafta davomida respublikamiz hamda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari bilan bog‘liq sodir etilgan salbiy holatlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Tezkor yig‘ilishda har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, amalga oshirilgan ish natijalari birma-bir muhokama qilindi va joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilindi.

Yakunda, ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbariyati va shaxsiy tarkibga aniq topshiriqlar berilib, yil yakuniga mo‘ljallangan yo‘l xaritalarining ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech